TOShKENT, 25 sen – Sputnik. O‘zbekiston Bosh vaziri hamda O‘zbekiston prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning internet qabulxonasi ochildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston hukumati rasmiy portali.
Virtual qabulxonada O‘zbekiston fuqarolari Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevga o‘z shikoyat va takliflarni internet orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborishlari, yoki ishonch telefonlarii orqali xabar qilishlari mumkin mumkin.
“Sizda hal etilmagan masalalar/muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi?
U holda murojaatingizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga 3 xil usulda: qo‘ng‘iroq qilish, murojaat yuborish yoki “O‘zLiDeP” hududiy partiya tashkiloti Kengashiga tashrif buyurish orqali yuborishingiz mumkin”, — deyilga sahifada.
O‘zbek va rus tillarida ishlayotgan ushbu saytda ariz va takliflar uchun maxsus shakl bir. Saytda keltirilgan ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilish Respublika bo‘yicha bepul, faqat statsionar telefonga qo‘ng‘iroq narxi to‘lanadi.
Internet sahifa hozircha test rejimida ishlamoqda.