Islom Karimov: Afg‘oniston Yaqin Sharqdan ekstremistik guruhlarni "tortmoqda"

© Sayt Prezidenta RFO‘zbekiston prezidenti Islom Karimov
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning fikricha, shu kechayu-kunduzda Afg‘onistonda ekstremistik guruhlarga qarshi kurash susayganligi kuzatilmoqda, bu esa mojarolar qo‘shni regionlarga o‘tishi xavfi borligidan nishonadir.

TOShKENT, 23 iyun – Sputnik. Hozirda Afg‘onistonda o‘rnatilayotgan holat Yaqin Sharqdagi radikal guruhlar va ekstremistlarni jalb qilmoqda, deb hisoblaydi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov.

Afg‘on jangchilari va Islom davlati jangarilari to‘qnashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston-2016: “ID”, "Tolibon", Xitoy orzulari va Tojikiston xadigi
"Afg‘oniston bugungi kunda Yaqin Sharqdagi ekstremistik va radikal guruhlarni o‘ziga tortayotgan poligonga aylandi”, — deb ta’kidladi chorshanba kuni Islom Karimov XXR Raisi Si Szinpin bilan o‘tkazgan muzokaralar davomida.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning fikricha, shu kechayu-kunduzda Afg‘onistonda ekstremistik guruhlarga qarshi kurash susayganligi kuzatilmoqda, bu esa mojarolar qo‘shni regionlarga o‘tishi xavfi borligidan nishonadir.

Islom Karimov Afg‘oniston bilan bog‘liq muammolarni BMT rahnamoligida o‘tkaziladigan keng ko‘lamdagi siyosiy  maslahatlashuvlar asosida hal etish mumkinligini ta’kidladi.

"Afg‘oniston muammosini harbiy yo‘l bilan hal etish mumkin emas”, — deb ta’kidladi O‘zbekiston prezidenti.

Yangiliklar lentasi
0