Euronews O‘zbekiston haqidagi turkum ko‘rsatuvini boshlaydi

© Sputnik / Vadim ShekunMoskvadagi turizm ko‘rgazmasi
Moskvadagi turizm ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kanal orqali mamlakatdagi tarixiy-madaniy yodgorliklar haqidagi o‘n sakkizta ko‘rsatuv namoyish etiladi.

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. 30-avgust kuni Euronews telekanalida “O‘zbekistondan maktublar” deb nomlangan ko‘rsatuvning  birinchi qismi efirga uzatiladi, deb xabar beradi "O‘zbekturizm" matbuot xizmati. Ko‘rsatuv Toshkent vaqti bilan soat 16:20, 22:49 va 00:54 da namoyish qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning avgustidan 2017-yilning martiga qadar Euronews telekanalida O‘zbekistonning turizm salohiyati haqida ko‘rsatuvlar efirga uzatiladi.

Kanal orqali mamlakatdagi tarixiy-madaniy yodgorliklar haqidagi o‘n sakkizta ko‘rsatuv namoyish etiladi.

Yangiliklar lentasi
0