Toshkentdagi "Chorsu" bozori atrofida xiyobon quriladi

Obuna bo‘lish
Joriy yilda Toshkentdagi qator yirik bozorlar – Oloy bozori, Farhod bozori, "Qatortol" ulgurji savdo bozori keng miqyosda rekonstruksiya qilindi

TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Toshkentdagi "Chorsu" bozori atrofida yashil hudud paydo bo‘ladi. Buning uchun "Ko‘kaldosh" masjidining chap tarafidagi bir nechta eski binolar buzib tashlandi.

Ikki haftacha ilgari "Chorsu" bozoridagi avtobus bekatining chap tarafidagi binolar va kichik inshootlarning buzilishi boshlangandi. Buziladigan inshootlar qatoriga uch qavatli bino va bir nechta kichik do‘konlar tushgandi.

Toshkentning Oloy bozorida qayta qurish boshlandi - Sputnik O‘zbekiston
Oloy bozorda qayta qurish boshlandi

nuz.uzning shahar hokimiyati matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, bu inshootlar amaldagi meyor talablariga javob bermaydigan holatga kelib qolgandi. Masjid va bozor atrofidagi hududni obodonlashtirish maqsadida ularni buzib tashlash va dam olish xiyoboni tashkil etishga qaror qilingan. Bu yerga daraxtlar, butalar, gullar o‘tqazish, skameykalar o‘rnatish rejalashtirilgan. 

Joriy yilda Toshkentdagi qator yirik bozorlar – Oloy bozori, Farhod bozori,  "Qatortol" ulgurji savdo bozori keng miqyosda rekonstruksiya qilindi.  Shu bilan birga, Mirzo Ulug‘bek tumanida 800dan ortiq savdo nuqtasiga ega yangi dehqon bozori quriladi.

Bugungi kunda poytaxtda 20dan ortiq yirik oziq-ovqat bozorlari va 60dan ortiq bozorchalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning umumiy yer maydoni 140 gektardan oshadi. O‘tgan yili bozorlardan mamlakat budjetiga 130,3 milliard so‘m miqdorida sof daromad tushgan.

Yangiliklar lentasi
0