TOShKENT, 29 fev — Sputnik. Toshkentning Oloy bozorida qafta qurish boshlandi, deb xabar bermoqda Uz24.uz nashri.
Guvohlarning aytishiga qaraganda, dushanba kuni ertalabdan, Oloy bozori hududidagi eski binolarni buzish boshlandi. Dastlabki navbatda, bozorning oziq-ovqatlar sotiladigan binosi qayta quriladi.
Oloy bozorida qayta qurish bo‘lishi haqida oldin xabar berilgan edi. Rejaga ko‘ra, bozorni qayta qurish savdo nuqtalarining ixcham va qulay joylashtirish uchun amalga oshirilmoqda. Qurilish ishlari ushbu yilning Avgust oyida yakunlanishi rejalashtirilgan.
Qayta qurish Mirobod bozorida ham amalga oshirilishi kutilmoqda. Ushbu bozorning asosiy binosi yangilanishi kutilmoqda. Ikki bozorda qayta qurishni amalga oshirish uchun 15 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.