Qirg‘iziston Tojikiston bilan suv resurslari borasida kelishuv imzolamoqda

© Sputnik / Igor AgeyenkSuv ombori
Suv ombori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu kunlarda Tojikistonda suv ta’minoti va sanitariya mavzusida xalqaro simpozium bo‘lib o‘tmoqda.

TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Dushanbeda o‘tkazilayotgan simpozium doirasida Qirg‘iziston va Tojikiston TIV rahbari o‘rinbosarlari Dinara Kemelova hamda Maxmatsharif Xakdodlar uchrashuv o‘tkazib, suv va energetika masalalari borasida muzokara o‘tkazdilar, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston.

"Kemelova Xakdod bilan davlar rahbarlari, hukumat va TIV rahbarlari darajasida ikkiyoqlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari borasida muzokara o‘tkazdi. Shuningdek, siyosiy, gidroenergetika, transport va aloqa, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli asosda qirg‘iz-tojik munosabatlarini rivojlantirishga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi", — deyiladi xabar matnida.

Tomonlar shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlikni jonlantirish haqida kelishib olganlar. Ya’ni Qirg‘iziston va Tojikiston hamkorlikda iqtisodiy loyihalarni hayotga tatbiq etishni rejalashtirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0