O‘zbekistondagi banklar ulushi xorijiy investorlarga sotiladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Markaziy bankining ma’lumotiga ko‘ra, barcha tijorat banklari ustav kapitalining 15 foizdan kam bo‘lmagan ulushini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha xalqaro moliya institutlari bilan muzokara olib bormoqda.

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. 2016-yilda O‘zbekistondagi beshta aksiyadorlik tijorat banki – ATB "Ipoteka-bank", "Aloqabank", "Asakabank", "O‘zsanoatqurilishbank" va "Turonbank"ning ustav kapitaliga xorijiy investorlar ulushi kiritiladi, deb xabar beradi "Novosti Uzbekistana".

O‘zbekiston Markaziy bankining ma’lumotiga ko‘ra, barcha tijorat banklari ustav kapitalining 15 foizdan kam bo‘lmagan ulushini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha xalqaro moliya institutlari bilan muzokara olib bormoqda.

Bu esa banklarni xususiylashtirishning navbatdagi bosqichini boshlab beradi, deyish mumkin. Bu jarayon yaqin kelajakda banklarda boshqaruv va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, bank faoliyatida aksiyadorlarning ishtiroki va mas’uliyatini hamda ko‘rsatiladigan xizmatlar sonini oshirishga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.

Bank kartalari uchun to‘lov terminali - Sputnik O‘zbekiston
Uzcard - xalqaro bank kartalarini qabul qila boshlaydi

Markaziy bankning rasmiy ma’lumotlariga qaraganda, hozirda O‘zbekistonda 26ta tijorat banki faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan 3tasi davlat, 11tasi aksiyadorlik-tijorat, 7tasi xususiy va 5tasi xorij kapitali ishtirokidagi banklardir.

Xorij kapitali ishtirokidagi banklarga "Savdogar" va "Hamkorbank" aksiyadorlik-tijorat banklari, "KDB Bank O‘zbekiston" va UT-bank (Uzbekistan Turkish bank) aksiyadorlik jamiyatlari va Eronning "Saderat" sho‘’ba banki kiradi.

Yangiliklar lentasi
0