TOShKENT, 29 sen — Sputnik. OPEKka a’zo-mamlakatlar Aljirda o‘tgan norasmiy uchrashuvda neft qazib olinishi darajasini kuniga 32,5 million barrelga cheklashga kelishib oldilar, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Reyterga tayangan holda.
Agentlik manbasiga ko‘ra, OPEK a’zolari noyabr oyiga belgilangan keyingi rasmiy uchrashuvda har bir mamlakat uchun neft ishlab-chiqarish muayan darajasi to‘g‘risida kelishib olmoqchi.
"Ushbu bitimga qat’iy amal qilinsa, 2017-yilda neft ishlab-chiqarish hajmini kuniga 480dan to 980 ming barrelga qisqartirishga erishish mumkin", — deb xabar qiladi Reyter.
Ilgariroq Blumberg agentligi Jazoyir OPEK mamlakatlariga neft ishlab chiqarish umumiy hajmini sutkasiga 796 ming barrelga kamaytirish taklifini kiritgani haqida xabar qilgan edi.