TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Rossiya Energetika vaziri va OPEK mamlakatlari vakillari Qatar poytaxti Doxada qazib olinayotgan neft hajmini “muzlatish”ga kelishib olishdi, RIA Novosti Blumberg agentligi xabari asosida.
Qazib olinayotgan neft hajmi 11-yanvar holatida “muzlatib” qo‘yiladi, deb xabar berdi Saudiya Arabistoni neft vaziri Ali al-Naimi. Uning so‘zlariga qaraganda Saudiya Arabistoni ham ushbu qarorga rozi bo‘lgan.
The Wall Street Journal xabariga ko‘ra, uchrashuvda Saudiya Arabistoni neft vaziri Ali al-Naimi, Nigeriya energetika vaziri Emmanuel Ibe Kachikvu, Venesuela vaziri Euloxio del Pino va Rossiya eyergetika vaziri Aleksandr Novak qatnashgan.
Ushbu yilning yanvar oyida OPEK Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan birgalikda, jahon bozorida neft narxining tushib ketishi munosobati bilan, qazib olinayotgan neft hajmini kamaytirish maqsadida ittifoq tuzishga kelishib olishgani haqida xabar qilgandi.