Janubiy Koreya Toshkent-4 terminali uchun O‘zbekistonga 250 mln $ ajratdi

Obuna bo‘lish
Mablag‘lar Toshkent aeroportida yangi terminal qurilishiga hamda O‘zbekistonda "Elektron hukumat" yaratishga yo‘naltiriladi

TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Janubiy Koreyaning Iqtisodiy rivojlanish hamkorligi jamg‘armasi (EDCF) O‘zbekiston hukumatiga transport sektoridagi loyihalar realizatsiyasi uchun 250 million dollar ajratadi, deb xabar qildi respublika moliya vazirligi vakili.

"Mablag‘lar O‘zbekiston hukumati va Janubiy Koreya o‘rtasida bugun imzolangan memorandum doirasida yetkazib beriladi", — aniqlik kiritdi agentlikka suhbatdosh. Vakilning so‘zlariga ko‘ra, hujjatlar O‘zbekiston moliya vaziri, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Rustam Azimovning Seulga uyushtirgan safari davomida imzolangan.

Ajratilgan pul vositalari Toshkent aeroportida yangi xalqaro terminal qurilishi hamda "elektron hukumat"ga kelib tushadigan ma’lumotlarni qayta ishlash davlat markazini yaratishga sarflanadi, deb xabar qilgan vazirlik vakili.

Janubiy Koreya Toshkent xalqaro aeroportida yangi terminal quradi
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Azimov, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy va savdo masalalari bo‘yicha komissiyaning sakkizinchi tur uchrashuvida ishtirok etgan. Bu uchrashuv davomida tomonlar Janubiy Koreya kompaniyalarining Buxoroda qurilishi rejalashtirilgan, umumiy qiymati 4 milliard dollarni tashkil qiluvchi polimer zavodi hamda 100 MVt quvvatga ega uchta quyosh elektronstansiyalari qurilishidagi ishtiroki istiqbollari xususida muzokara olib borganlar.

Janubiy Koreya O‘zbekistonning eng yirik investorlaridan biri hisoblanadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Koreya tomonidan O‘zbekistonga kiritilgan sarmoyalar miqdori 7 milliard dollarni tashkil qiladi. O‘zbekistonda Koreya bilan hamkorlikda 400dan ziyod qo‘shma korxonalar tashkil qilingan.

Yangiliklar lentasi
0