OTB O‘zbekiston YaIM o‘sish prognozini o‘zgartirmadi

Obuna bo‘lish
Hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston YaIM o‘sish prognozi 2017-yilda 7,3%ni tashkil qiladi

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) O‘zbekistonda 2016-yilgi yalpi ichki mahsulot o‘sish ko‘rsatkichini 6,9% darajasida saqlab qoldi, deb xabar beradi OTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi.

Bundan ilgarigi YaIM o‘sish prognozi iyulda e’lon qilingandi.

"Voqealar rivoji ilgarigi prognozlarga to‘liq mos kelayotganligi bois 2016 va 2017-yillar uchun YaIM o‘sish ko‘rsatkichi o‘zgarishsiz qoladi", — deb ma’lum qildi vakolatxona OTBning Asian Development Outlook ma’ruzasiga asoslanib.

Hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston YaIM o‘sish prognozi 2017-yilda 7,3%ni tashkil qiladi.

2016 va 2017-yillar uchun inflyatsiya darajasi ham o‘zgarishsiz – mos ravishda 10% va 11%ligicha qoldi.

O‘zbek-koreys to‘qimachilik texnoparki - Sputnik O‘zbekiston
OAV: O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha jahon yetakchilari qatoriga kirdi

Bank ekspertlarining fikricha, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2016–2017 yillarda avvalgidek uning asosiy savdo hamkorlari, xususan Rossiya, Xitoy va Qozog‘iston bozorlaridagi vaziyat hamda tabiiy gaz, oltin, mis va paxta narxining pasayishiga bog‘liq bo‘ladi.

Hisobotda O‘zbekiston agrar sohasidagi o‘sish 2016-yilning birinchi yarmida 6,8%ni tashkil etgani (2015 yilda 6,5%), bu meva-sabzavot yetishtirish oshganligini ko‘rsatishi qayd etilgan.

OTB ekspertlari O‘zbekiston va Rossiya aprel oyida qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ikki tomonlama savdosini kengaytirishga kelishishgani, mamlakatda bog‘dorchilikni rivojlantirish ustivor vazifalar sirasiga kiritilganini e’tirof etishadi.

Bank ekspertlarining taxminicha, sanoatga investitsiyalar kiritish, maoshlar, pensiya va boshqa to‘lovlar miqdorini oshirish hisobiga ichki talabni bir meyorda ushlab turish O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishining asosiy manbalari bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0