TOShKENT, 28 sen — Sputnik. AQSh prezidenti Barak Obama joriy yilda kongressga murojaatida Amerika qo‘shinlarini "tarixdagi eng kuchli jangovar kuchga ega" deya ta’riflagan edi. 2001-yilda kichik Jorj Bush xuddi shunday ta’kid bilan chiqish qilgan. RIA Novosti xabari asosida.
"Mana shunday balandparvoz ta’kidlar oralig‘ida AQSh to‘qqizta mojaroda qatnashdi <…>. Amerika tarixidagi eng kuchli jangovar kuchga ega armiya o‘rnatgan "rekord"larga e’tibor bering: g‘alaba — 0; mag‘lubiyat — 2; yettita mojaro esa "durrang" bilan yakun topgan", — deb yozadi maqola muallifi Nik Ters.
Muallifning so‘zlariga qaraganda, Amerikaning eng yorqin siyosatchilari AQSh "dunyodagi eng buyuk harbiy kuchga ega ekanliklari" haqida og‘iz ochishga ochib, ammo Vashington ushbu "suqilishlar" natijasida aynan nimalarga erishganlari haqida sukut saqlashni ma’qul ko‘rishmoqda.
"Biz ishonchli tarzda va maqbul vositalar yordamida siyosiy maqsadlarga yetisha olmasligimizni namoyish etdik. Bu inkor qilib bo‘lmas fakt", — deb fikr bildiradi bu mavzu yuzasidan AQSh armiyasi iste’fodagi polkovnigi Endryu Basevich.
"AQSh Qurolli kuchlari "o‘ldirish va vayron qilish"i mumkin, ammo siyosiy maqsadlarga erisholmaydi, shu bois, u "dunyodagi eng zo‘r armiya" nomiga loyiq emas", deya qo‘shimcha qiladi u.
Ammo Iroqda ommaviy qirg‘in qurollari "ma’lum sabablarga ko‘ra" yo‘qotilmadi — sababi bunday qurol u yerda mavjud ham emasdi. "Iroq xalqini ozodlikka chiqarish" rejasi esa o‘zi ortidan son-sanoqsiz kishilar o‘limini yetakladi, Amerika fuqarolarini himoya qilishga keladigan bo‘lsak, misol uchun 11-sentabrda amalga oshirilgan teraktlarga nisbatan ular aynan hozir terrorchilik balosi tufayli o‘zlarini ko‘proq himoyasiz his qilmoqda, deb yozadi maqola muallifi.