TOShKENT, 4 dek — Sputnik. AQSh Mudofaa vazirining bayonotiga ko‘ra, mamlakatning maxsus kuchlarini Iroq hududida joylashtirish Iroq respublikasi hududidan AQSh harbiy qo‘shnlarni olib chiqish haqidagi shartnomaga xilof, dedi Iroq parlamentining “Milliy koalitsiya” guruhi a’zosi Xalif Abdusamad, Sputnik agentligi xabariga ko‘ra.
“Biz AQSh maxsus qo‘shnlarining Iroqda joylashtirilishiga mutlaq qarshimiz. Iroq xavfsizlik kuchlari va shiya musulmonlaridan tashkil topgan "Al-Xashd Ash-Shaabi" ko‘ngilli harbiy tuzilmalar ID(DAISh) egallab olgan hududlarni ozod qilish imkoniga ega”, — dedi.
Iroqlik deputat 2011-yilda tuzilgan Iroq va AQSh o‘rtasidagi shartnoma shartlari bajarilishi kerakligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga qaraganda, har qanday chet el qo‘shnlarining Iroq hududida paydo bo‘lishi bu istiloga barobar.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter Iroq hududida AQSh maxsus harbiy kuchlarini joylashtirmoqchi ekanligini xabar bergandi. Vazirning so‘zlariga qaraganda, ushbu maxsus operatsiya ID (DAISh) rahbariyatini yo‘q qilishga qaratilagan va Iroq hukumati roziligi bilan amalga oshiriladi.
Iroq bosh vaziri Haydar al-Abadi, biroz oldin Iroq hududida o‘tkaziladigan barcha harbiy harakatlar hukumat roziligi bilan o‘tkazilishi kerakligini va AQSh tomonidan Iroqda harbiylarning joylashtirilishi “tajovuzkorlik harakati” deb tan olinishini ta’kidlagan edi.