O‘zbekistonliklarning 96%i o‘z oilalarini baxtli deb hisoblaydi

Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tadqiqot natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, respublikadagi aksariyat oilalarning uch-to‘rt nafardan farzandi bor

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining “Oila va ma’naviyat” mavzuyida o‘tkazgan so‘rovidan ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonliklarning 96%i o‘z oilalarini mustahkam va baxtli deb hisoblaydi, deb xabar beradi "Jahon" axborot agentligi.

Javoblardan ma’lum bo‘lishicha, aholining mutlaq ko‘pchiligi (94,5%) davlat tomonidan oilalarni qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor ko‘rsatilayotganini yuqori baholagan.

So‘rovda ishtirok etganlarning fikricha, O‘zbekiston oilalarida axloq shakllanishiga eng ko‘p ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan omillar oila (86,7%), mahalla (52,1%), ta’lim muassasalari (48,2%), ijtimoiy muhit (33,9%) va televidenie (29,4%)dir.

Ijtimoiy tadqiqot natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, respublikadagi aksariyat oilalarning uch-to‘rt nafardan farzandi bor.

Yoshlar Xalqaro sammiti - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev yoshlar siyosati to‘g‘risidagi qonunga imzo chekdi

Tadqiqot natijalari oila qurishda axloqiy yo‘nalishlar barqaror ekanligini ko‘rsatdi.

Baxtli oila barpo etish sharti bu er-xotinning o‘zaro ishonchi, bir-biridan roziligi bo‘lib, o‘zaro muhabbat va farzandlar oila barqarorligini belgilovchi omildir.

So‘rovda qatnashganlarning 96%i o‘z oilalarini mustahkam va baxtli deb hisoblaydi.

Ishtirokchilarning 96,7%i oilaviy ajrimlarga salbiy munosabat bildirgan. Ularning fikricha, bu bolalarning ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

So‘rov O‘zbekistondagi oilalarning mustahkam ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini, ularning jamiyatning an’anaviy ijtimoiy instituti sifatida rivojlanish omillarini aniqlash maqsadida o‘tkazildi.

Yangiliklar lentasi
0