Qotil-enaga Gulchehra Boboqulova – “aqli noraso shaxs” deb topildi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishNyanya Gulchexra Bobokulova
Nyanya Gulchexra Bobokulova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvaning Presnya tuman sudi Gulchehra Boboqulovani 29-avgustga qadar qamoqda qoldirdi. O‘tkazilgan tibbiy ekspertiza Boboqulovaning ruhiy kasalligini tasdiqladi.

TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Moskvada yosh qizchaning o‘limida ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosi Gulchehra Boboqulova sud-tibbiy ekspertizasi tomonidan “aqli noraso  shaxs” deb tan olindi, deb xabar berdi jurnalistlarga ushbu ish yuzasidan tarjimon bo‘lib ishlayotgan Axmed Axmedov.

“Ekspertlar Boboqulovani “aqli noraso shaxs” deb topdi”, — dedi u.

 

Chorshanba kuni Moskvaning Presnya tuman sudi Gulchehra Boboqulovani 29-avgustga qadar qamoqda saqlash haqida qaror chiqardi.

Eslatib o‘tamiz ushbu yilning mart oyida o‘zbekistonlik enaga Gulchehra Boboqulova  4 yoshli nogiron qizni o‘ldirib, xonadonga o‘t qo‘yib chiqib ketgan. Keyin metro bekati yonida qizchaning kesib olingan boshini ko‘tarib odamlarni qo‘rqitgan.

Tergov qo‘mitasi xabariga ko‘ra, kimdir Boboqulovani ushbu mudhish jinoyatni amalga oshirishga undagan bo‘lishi mumkin. 

 

Yangiliklar lentasi
0