Yevropaliklar xorijiy harbiy bazalarga ishonishmaydi

© Foto : eur.army.milYevropadagi M1A2 Abrams Amerika tanklari
Yevropadagi M1A2 Abrams Amerika tanklari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevropadagi eng ko‘p harbiy obyektlar Germaniyada joylashgan, Italiyada ham AQSh harbiy-dengiz kuchlari va armiyasining salmoqli harbiylari bor.

TOShKENT, 27 sen – Sputnik.  Sputnik o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Yevropa mamlakatlarining aholisi milliy xavfsizlik masalasini o‘z mamlakatlari hududidagi xorijiy harbiy bazalarga ishonishmaydi. So‘rovda ishtirok etgan germaniyaliklarning atigi 4 va italiyaliklarning 5%igina xorijiy harbiy bazalar ularning milliy armiyasidan ko‘ra mamlakatni yaxshiroq himoya qiladi degan fikrda. Ushbu ma’lumotlar Sputnik  axborot agentligi va radiosi buyurtmasiga ko‘ra Ifop kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlarda aniq bo‘ldi.

AQSh mudofaa vazirligining 2015-yil bo‘yicha hisobotiga qaraganda, AQSh tashqarisida 587ta harbiy obyekt joylashgan.

Pxenyan shahri, Shimoliy Koreya - Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy Koreya AQSh harbiy bazalarini yo‘q qilmoqchi

Yevropadagi eng ko‘p harbiy obyektlar Germaniyada joylashgan, Italiyada ham AQSh harbiy-dengiz kuchlari va armiyasining salmoqli harbiylari bor. "Mamlakatingizni kim yaxshiroq himoya qila oladi" degan savolga nemislar (38%) va italiyaliklarning (34%) uchdan bir qismidan ko‘prog‘i mamlakatni hech qanday xorijiy bazalarsiz milliy armiya himoya qila olishini aytgan. Germaniya aholisining 37 va Italiya aholisining 34%i ularning mamlakatini milliy armiya va xorijiy bazalar birgalikda himoya qila olishini bildirgan. Ushbu savolga nemislarning 21 va italyanlarning 27%i javob bera olmagan.

© SputnikSo‘rovnoma
So‘rovnoma - Sputnik O‘zbekiston
So‘rovnoma

Sputnikning jamoat fikrini o‘rganish bo‘yicha xalqaro loyihasi 2015-yil yanvarda boshlangan. Loyihaning hamkorlari Populus, Ifop va forsa kabi taniqli tadqiqot kompaniyalari hisoblanadi.

Sputnik (sputniknews.com) – yangiliklar agentligi va multimediali axborot xablariga ega radiodir. Sputnik tarkibida 30dan ortiq tildagi saytlar, analogli va raqamli radiouzatish, mobil ilovalar va ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar mavjud.

Yangiliklar lentasi
0