Atambayevga qanday tashxis qo‘yilgani oydinlashdi

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishQirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev
Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shifokorlar Qirg‘iziston prezidentiga yurak aritmiyasi va ovqat hazm bo‘lishi jarayoni buzilishi tashxisini qo‘ygan, xabarlarga ko‘ra, Almazbek Atambayevning ahvoli qoniqarli va u shu hafta oxirida kasalxonadan chiqarilishi mumkin

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev Moskva shahridagi Markaziy klinik shifoxonasida davolanishni davom ettirapti, deb xabar qilgan Atambayevning matbuot xizmati rahbari Almaz Usenov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida. Sputnik Qirg‘iziston xabari asosida.

Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Kun savoli: Atambayev kimning hisobiga "shohona otel"da yashayapti?
U bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Atambayev ayni vaqtda mutaxassislar nazoratida bo‘lib, shifokorlar uning yuragini tekshiruvdan o‘tkazishgan va davolashgan.

"Yurak aritmiyasini bartaraf etish maqsadida Rossiya Tibbiyot Fanlari Akademiyasi (RAMN) professori Amiran Revishvili jalb qilindi. Ayni vaqtda yurak urishi faoliyatining buzilishi bilan bog‘liq muammolar to‘laligicha bartaraf etilgan", — deb yozgan Usenov.

Usenov shuningdek, 2008-yilda o‘tkir zaharlanishdan so‘ng Turkiyada Atambayevning qizilo‘ngachini operatsiya qilishgani haqida eslatib o‘tdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda prezident ahvoli qoniqarli, deb baholanmoqda va u shu hafta oxirlariga qadar shifoxonadan chiqarilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0