Kun savoli: Atambayev kimning hisobiga "shohona otel"da yashayapti?

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishQirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev
Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonlik ijtimoiy tarmoq foydanuvchilari Atambayev "shohona" qasrda kimning hisobiga yashayotganiga juda qiziqib qolishdi.

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev ayni vaqtda Turkiyada va mehmonxonada o‘z hisobiga yashamoqda, deb xabar qilgan Sputnik Qirg‘iziston muxbiriga davlat rahbari apparati vakili.

Qirg‘iziston prezidenti - Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev sog‘ligi tufayli BMT kengashida qatnasha olmaydi
Eslatib o‘tamiz, sal oldin Nyu-Yorkka uchib ketayotgan Qirg‘iziston prezidenti samolyoti Turkiyada to‘xtagan vaqtida Atambayev o‘zini yomon his qilib qolgani haqida xabar bergan edik. Atambayev ko‘kragida og‘riqni his qilayotganidan shikoyat qilgan va birinchi ko‘rikdan so‘ng unda yurak kasalligi belgilari aniqlangan. Shundan so‘ng shifokorlar Atambayevga chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tishni maslahat berganlar.

Turkiyaning Haberler nashriga ko‘ra, Qirg‘iziston rahbari ayni vaqtda Turkiyaning Izmir shahrida bo‘lib, "Sheraton" otelida to‘xtagan.

Sputnik Qirg‘iziston nashrida ta’kidlanishicha, ayni vaqtda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini: "Atambayev "shohona otelda" o‘z hisobidan yashayaptimi yoki davlat hisobidan" degan savol qiziqtirmoqda. "Axir bunday otelda yashash uchun otning kallasidek pul kerak", — deya izoh qoldirgan internet foydalanuvchilaridan biri. Yana kimdir esa prezident oteldagi har bir kuni uchun 11 ming dollar to‘layotgani haqida o‘z taxminlarini bildirgan.

Qirg‘iziston prezidenti devoni davlat rahbari qaysi mehmonxonada to‘xtagani haqida ma’lumot bermadilar. Ammo saar bilan bog‘liq barcha harajatlar Atambayev o‘z hisobidan qoplayotganini ma’lum qildilar.

"Biz prezident qaysi otelda to‘xtaganini aytolmaymiz, ammo u hozir ta’tilda ekanligi aniq, va tabiiyki, barcha sarf-xarajatlarini o‘z cho‘ntagidan qoplamoqda. Uning sog‘lig‘iga kelsak, hammasi yaxshi", — deb xabar qilgan Sputnik Qirg‘iziston nashriga suhbatdosh.

Shundan so‘ng, muxbir "Sheraton" mehmonxonasi ma’muriyati bilan bog‘langan va lyuks-xonalar bir sutkasi uchun 850 dollar turishini aniqlagan.

Turkiya OAVlarida berilayotgan xabarlarga ko‘ra, Qirg‘iziston rahbari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va davolanish uchun vaqtincha ta’til olgan.

Yangiliklar lentasi
0