Rossiyada O‘zbekiston savdo uylari ochiladi

© Sputnik / Oleg Makarov / Mediabankka o‘tishYabloki i grozdya vinograda
Yabloki i grozdya vinograda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“O‘zmevasabzavotxolding” xolding kompaniyasi va “Sibirskiy alyans” Moskvada savdo uyi tashkil qilish borasida kerakli hujjatlarni davlat ro‘yxatdan o‘tish uchun topshirishdi.

TOShKENT, 27 sen – Sputnik. O‘zbekistondan Rossiyaga meva va sabzavotlar yetkizib berish bo‘yicha savdo uylari Moskva va Sankt-Peterburgda ochiladi, deb xabar qilmoqda  “O‘zmevasabzavotxolding” Xolding kompaniyasi.

"Sibirskiy alyans" kompaniyasi va  “O‘zmevasabzavotxolding” Xolding kompaniyasi, kelishilgan shartnomalarni amalga oshirish maqsadida, Moskvada savdo uyi tashkil qilish borasida kerakli hujjatlarni Rossiya Federatsiyasining ro‘yxatdan o‘tish organiga yuborishdi”, — deyilgan kompaniya xabarida.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, “O‘zmevasabzavotxolding” hamda rossiyaning “FinInvest Konsalting” MChJ Sankt-Peterburgda ham savdo uyi tashkil qilish borasida kerakli hujjatlarni tayorlashdi.

Meva sabzavot. - Sputnik O‘zbekiston
"Sibirskiy alyans" O‘zbekistonda qo‘shma korxona ochishni rejalashtirmoqda

Savdo uylari ochilishi O‘zbekiston-Rossiya ishchi guruhining O‘zbekistondan Rossiyaga meva-sabzavotlar yetkizib berish haqidagi muzokaralari natijasi bo‘ldi, — deyilgan xabarda.   

"Sibirskiy alyans" O‘zbekistonda “O‘zmevasabzavotxolding” bilan birgalikda qo‘shma korxona tashkil qilishni rejalashtirgan va shu bilan bir vaqtda O‘zbekistondan olib kelingan yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot hamda go‘sht-sut mahsulotlarini  sotish uchun Rossiyaning Ulgurji-taqsimlash markazlari milliy assotsiatsiyasi bilan shartnoma imzoladi.

Hujjat ushbu loyihalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el sarmoyalarini jalb qilishni ko‘zda tutgan. O‘tkazilgan muzokalarlar natijasida O‘zbekistondan olib kelingan mahsulotlarni Rossiyaning “Magnit” va “X5 Retail Group” savdo tarmoqlari orqali sotish haqida ham shartnomalar imzolangan.

Mevalar rastasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston o‘z meva-sabzavotlarini yagona brend ostida eksport qiladi

Biroz oldin, O‘zbekistondan olib kelinayotgan meva-sabzavotlar uchun bojxona nazorati va fitosanitar rasmiylashtirish jarayonlarining osonlashtirilgani haqida xabar bergan edik.

Ko‘rilgan uchshbu choralar va kelishuvlar natijasida bu yil O‘zbekistondan Rossiyaga olib kelinayotgan mahsulotlar hajmi ikki baravar o‘sdi.

Shunga qaramasdan ayrim muammolar ham kuzatilmoqda. Ular orasida mahsulot tashish narxi va Yevroosiyo mamlakatlari orqali tranzit o‘tish tariflari qimmatligi hamda chegara karantin muddati uzoqligi qayd etilmoqda. Shuningdek, mahsulot kam miqdorda olib kelinganda uning narxi qimmatlashib ketishi ham qayd etilmoqda.

O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2016-yilning yanvar-iyun oylarida meva- sabzavot eksporti 30 % ga oshdi,  shundan Rossiya hisobiga 60-65 % to‘g‘ri keldi.

Yangiliklar lentasi
0