O‘zbekistonda alkogolli mahsulotlar sotish qoidalariga o‘zgartirish kiritildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishAlkogol magazini
Alkogol magazini - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Alkogolli mahsulotlar bilan savdo qilayotgan sotuvchi yigirma yoshdan kichikroq ko‘ringan xaridordan uning yoshini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishni talab qilishi shart

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat "Mirziyoyev Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

Endilikda:
— savdo avtomatlari orqali;

— bolalar o‘yinchoqlari, konfetlar yoki bolalar assortimentiga kiruvchi boshqa tovarlarni imitatsiya qiluvchi (shularga o‘xshatib ishlangan bo‘lsa) alkogolli mahsulotlarni sotish taqiqlanadi.

Chekish zarari ko‘rsatilgan sigaret qutilari - Sputnik O‘zbekiston
Alkogol va tamaki mahsulotlari sotish qoidalari o‘zgartirildi

Bundan tashqari, savdo qilinayotgan joylarda yigirma yoshga to‘lmagan shaxslarga uni sotishga yo‘l qo‘yilmasligi, shuningdek alkogolli mahsulotlarning inson sog‘lig‘iga zararli ta’siri to‘g‘risidagi ogohlantiruvchi yozuvlar bo‘lmagan hollarda;

alkogolli mahsulotlarning tarasida alkogolli mahsulotlarni iste’mol qilish inson sog‘lig‘iga zararli ta’sir qilishi to‘g‘risida matn va (yoki) rasm shaklidagi tibbiy ogohlantirish mavjud bo‘lmagan hollarda ham ularni sotish mumkin bo‘lmaydi.

Yana bir qo‘shimchaga ko‘ra, "Alkogolli mahsulotlar bilan savdo qilayotgan sotuvchi yigirma yoshdan kichikroq ko‘ringan xaridordan uning yoshini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishni talab qilishi, hujjat mavjud bo‘lmagan taqdirda esa alkogolli mahsulot sotishni rad etishi shart".

Yangiliklar lentasi
0