Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida 2 mlrd $lik shartnomalar tuzildi

© Sputnik / StringerToshkentda Xalqaro Meva-sabzavot yarmarkasi
Toshkentda Xalqaro Meva-sabzavot yarmarkasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eksport qilinadigan mahsulotlarning 27% sabzavotlar, 25 % uzum, 20 % mevalar, 17 % qayta ishlangan mahsulotlar, 8 % - dukkakli mahsulotlar, 2% - qovunlar tashkil qiladi, shartnomalar imzolash davom etmoqda.

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Toshkentdagi I Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi davomida umumiy qiymati 2 mlrd $ dan ortiq bo‘lgan 270 shartnoma imzolandi, “Jahon” axborot agentligi xabari asosida.

“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi xabariga ko‘ra, eksport qilinadigan mahsulotlarning 27% — sabzavotlar, 25% — uzum, 20 % — mevalar, 17,6 % — quritilgan va qayta ishlangan mahsulotlar, 8,4 % — dukkakli mahsulotlar va 2% — qovunlardir. Yarmarka tugaganiga qaramasdan shartnomalar imzolash davom etmoqda.

Toshkentdagi meva va sabzavot yarmarkasi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya meva va sabzavotlar O‘zbekistondan yetkazib berilishi tarafdori

Yarmarka doirasida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari ustuvorliklari” anjumanida mutaxassislar O‘zbekistonda yetishtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati haqida fikr almashishdi. Anjumanda turli mamlakat mutaxassislari meva, sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirish, saqlash, qayta ishlash, transportirovka qilish, zarakunanda hashorotlardan saqlash, seleksiya va suvni tejaydigan texnologiyalardan foydalanish borasida fikr almashdilar.

Yarmarkada ho‘l va quruq mevalar, sitrus mevalari, sabzavotlar, poliz mahsulotlari, dukkakli mevalar bo‘limlari mavjud edi. Undan tashqari alohida bo‘limda turli oziq-ovqat texnologiyalari, xolodilniklar, transport va logistika qurilmalari taqdim qilingan edi. O‘zbekistonning turli hududlaridan 170ga yaqin

Tashkentsya Mejdunarodnaya yarmarka ovoshey i fruktov - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev: Meva-sabzavot eksportida vositachilardan qutilish kerak
korxonalar o‘z mahsulotini taqdim qildi.

Birinchi Toshkent Xalqaro Meva-sabzavot yarmarkasiga dunyoning turli mamlakatlaridan 300 ga yaqin vakillar kelishdi. Ular orasida AQSh, Buyuk Britaniya, BAA, Janubiy Koreya, Yaponiya, Italiya, Fransiya, Malayziya, Hindiston, Rossiya, Latviya, Ozarbayjon, Turkmaniston, Eron, Afg‘oniston, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlar vakillari bor.

Bu turli mamlakatlar vakillarining O‘zbekiston bilan hamkorlikka bo‘lgan yuqori qiziqishining va ikkinchidan, O‘zbekistonda sarmoyalar biznes yuritish uchun qulay sharoitlar yaratilgani belgisidir.

Yangiliklar lentasi
0