TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmat muddati 5-yil etib belgilandi, deb xabar beradi "Novosti Uzbekistana".
«Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan o‘zgarishlarga muvofiq, shartnoma asosida harbiy xizmatga qabul qilinayotgan shaxslar bilan dastlabki shartnoma 5-yil muddatga tuziladi.
Harbiy xizmatda bo‘lishga imkon beruvchi yoshga qadar 5-yildan kam qolgan bo‘lsa, shartnoma bundan oz muddatga tuzilishi mumkin.
Ilgarilari harbiy xizmatni o‘tash borasidagi dastlabki shartnoma muddati unvonga bog‘liq edi. Xususan, oddiy askar va serjantlar bilan 3-yil, ofitserlar tarkibidagi lavozimlarda xizmat o‘tash bo‘yicha esa 5-yil muddatga shartnoma tuzilardi.
Harbiy xizmatni o‘tash muddati va uning asosiy shartlari ilgarigidek kabi shartnomada belgilanadi.