O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmatga qabul qiyinlashdi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaVoyennoslujashie armii Uzbekistana
Voyennoslujashie armii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi talabga muvofiq, O‘zbekistonda qurolli-kuchlar safida xizmat qilishni xohlayotganlar har yili o‘tkaziladigan tanlovda faqat bir marta qatnasha oladilar. Bundan tashqari jismoniy normativlar bo‘yicha imtixon bir kunda topshirishadi, ona tili, adabiyot, tarix va matematika fanlaridan test uchun esa bir yarim soat ajratiladi.

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Dushanba kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi va Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat test markazi harbiy xizmat yoshidagi yigitlarni armiyaga qabul qilish uchun yangi talab va me’zonlarni qabul qildi.

O‘zbek chegarachisi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston milliy armiyasi safida chet ellik harbiy yo‘riqchilar sonini ko‘paytirmoqda
Hujjatga muvofiq, O‘zbekistonda qurolli-kuchlar safida xizmat qilishni xohlayotganlar har yili o‘tkaziladigan tanlovda faqat bir marta qatnasha oladilar. Bundan tashqari jismoniy normativlar bo‘yicha imtixon bir kunda topshirishadi, ona tili, adabiyot, tarix va matematika fanlaridan test uchun esa bir yarim soat ajratiladi.

Test natijalari esa yetti kun ichida ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Qurolli kuchlari safiga chaqiriliuvchilarga talablarning kuchaytirilishi harbiy xizmatchilar saviyasini, jismoniy tayyorgarligi va ma’naviy yetukligini oshirish maqsadi bilan bog‘liqdir.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston qurolli-kuchlari saflarida xizmat qilishni xohlovchilar soni haddan ziyod ko‘payishi ortidan mamlakat mudofaa vazirligi armiyaga yigitlarni test orqali qabul qilishni yo‘lga qo‘ydi.

Armiyada xizmat qilishni xohlovchilar endilikda jismoniy normativlardan tashqari, ona tili, adabiyot, tarix va matematika fanlaridan test topshirishlari kerak bo‘ladi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, hozirda muddatli harbiy xizmat uchun ajratilgan har bir o‘ringa to‘qqiz-o‘ntadan da’vogar to‘g‘ri kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0