Qirg‘izistonda 4-dekabrda referendum o‘tkazilishi mumkin

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishQirg‘iziston parlamenti
Qirg‘iziston parlamenti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston respublikasi qonuni bo‘yicha referendum belgilash haqida"gi qonun loyihasi 23-sentabr kuni parlamentda ro‘yxatga olingan va qo‘mitaga ko‘rib chiqish uchun topshirilgandi.

TOShKENT, 26 sen – Sputnik. Parlamentning 29-sentabr kungi yig‘ilishida Qirg‘iziston konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha 4-dekabr kuni umumxalq referendumini belgilash masalasi ko‘rib chiqiladi, deb xabar berdi RIA Novosti qonunchilik organi matbuot xizmatiga tayanib.

Mamlakat prezidenti boshchiligidagi qator siyosiy kuchlar Qirg‘iziston konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish taklifi bilan chiqqandi. 2010-yilgi davlat to‘ntarishidan keyin umumxalq referendumida qabul qilingan hozirgi konstitutsiya Venetsiya komissiyasi tomonidan ma’qullangan. Unda 2020-yilga qadar mamlakat asosiy qonuniga o‘zgartish kiritishni taqiqlovchi band mavjud. Bir guruh siyosiy partiyalar konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishga keskin qarshi chiqishdi. Yana bir guruh siyosatchilar esa taklif etiladigan tuzatishlarni muhokama qilish uchun tajribali huquqshunoslar, taniqli siyosatchi va jamoat vakillaridan iborat konstitutsion kengash tuzishni taklif qilishmoqda.

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev Qirg‘iziston konstitutsiyasini to‘qqizinchi bor o‘zgartirmoqchi

"Qirg‘iziston respublikasi qonuni bo‘yicha referendum belgilash haqida"gi qonun loyihasi 23-sentabr kuni parlamentda ro‘yxatga olingan va qo‘mitaga ko‘rib chiqish uchun topshirilgandi. U 29-sentabr kuni Jogorku Kenesh (parlament) sessiyasi yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan. Qonun loyihasida referendumni 2016-yil 4-dekabrda o‘tkazish taklif etilgan", — deb xabar berishdi matbuot xizmatidagilar.

"Taklif etilayotgan o‘zgartishlar xususan Qirg‘iz respublikasining mustaqilligi va suverenitetini, parlamentarizmni mustahkamlash, davlat hokimiyatining qonunchilik va ijrochilik bo‘g‘inlari o‘rtasidagi hamkorlik prinsiplarini aniqlashtirish, sud va huquq-tartibot organlari islohotlari uchun konstitutsion asoslarni takomillashtirishga qaratilgan", — deyiladi loyiha ma’lumotnomasida.

O‘zgartishlar tashabbuskorlari konstitutsiyada belgilangan asosiy qonunga o‘zgartirish kiritishni "taqiqlash" faqatgina mamlakat parlamenti uchun tatbiq etilishini ta’kidlashmoqda. "Davlat hokimiyatining yagona manbasi va suvereniteti egasi" bo‘lgan Qirg‘iziston xalqi esa "hech qanday meyoriy huquqiy hujjatlar bilan cheklanmagan" va referendum orqali konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish huquqiga ega.

Yangiliklar lentasi
0