TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Iyul oyida Qirg‘izistonning hukmron parlamenti koalitsiyasiga mansub bir necha partiyalar mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish taklifini ilgari surishgan edi. Atambayev bu taklifni qo‘llab-quvvatlagan edi, deb yozadi RIA Novosti.
Ammo shu bilan birga mamlakatning qator siyosatchilari bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlamadilar. Ular prezidentni o‘rab turgan amaldorlarni "hukmronlikni saqlab qolish maqsadida" Bosh Qomusni ko‘chirib yozishda aybladilar.
"Agar biz mamlakatimiz to‘liq mustaqil bo‘lishini, Qumtor oltin konini talon-taroj qilganlar qonun bo‘yicha javob berishlarini xohlaymiz ekan, sud islohoti va huquqni muhofaza qilish organlari islohoti oxiriga yetkazilishi tarafdori ekanmiz, hukumat yiliga almashishini xohlamasangiz, unda konstitutsiyani o‘zgartirish kerak", — deb bayonot qilgan Atambayev mamlakat mustaqilligining 25-yilligi tantanalarida xalqqa murojaatida.
Atambayevga ko‘ra, 2010-yilda Qirg‘izistonda amalga oshirilgan davlat to‘ntarishidan so‘ng qabul qilingan amaldagi konstitutsiyada "avtoritar rejimdagi davlatni barpo etish uchun barcha shart-sharoitlar" mujassam.
Shuningdek, Qirg‘iziston rahbari avval boshdan — 2010-yilning aprelidan boshlab — "konstitutsiyaning bu qadar shoshilinch o‘zgartirilishiga qarshi bo‘lib kelaginini" qo‘shimcha qilgan.
O‘tgan 25-yil davomida Qirg‘iziston konstitutsiyasi sakkiz marotaba o‘zgartirilgan. 2010-yilda qabul qilingan konstitutsiyaning joriy versiyasi Venetsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan va umumxalq referendumida qabul qilingan. Unda 2020-yilga qadar mamlakat Bosh Qonunini o‘zgartirishni ta’qiqlovchi modda bor.
Hozirgi o‘zgartirishlar tashabbuskorlari mamlakat Bosh vaziri vakolatlarini mustahkamlash va Bosh vaziri yoki Bosh vazir o‘rinbosari faoliyatini deputatlik faoliyati bilan birgalikda olib borishga ruxsat berishlarini taklif qilishmoqda.