The Japan Times: Islom Karimov - o‘zbek xalqining buyuk farzandi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishO‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov
O‘zbekistonning birinchi  Prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maqolada respublikaning birinchi Prezidenti tomonidan amalga oshirilgan islohotlar natijasida O‘zbekiston jahonda iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan beshta davlat qatoriga kirganligi ma’lum qilinadi.

TOShKENT, 26 sen – Sputnik. Yaponiyadagi The Japan Times gazetasida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan maqola chop etildi, deb xabar beradi "Jahon" AA.

"O‘zbekistonning birinchi Prezidenti xotirasiga: Islom Karimov — o‘zbek xalqining buyuk farzandi" deb nomlangan maqolada 25-yil davomida mustaqil O‘zbekistonga rahbarlik qilgan Islom Karimov mamlakatda va xalqaro maydonda yuksak obro‘ga sazovor bo‘lganligi qayd etiladi. "U juda puxta o‘ylangan ochiq fuqarolik jamiyati va bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish strategiyasini ishlab chiqqan va hayotga tatbiq etgan yetuk davlat arbobi edi", deb yoziladi maqolada.

Maqola mualliflari respublika rahbari mamlakat iqtisodiy mustaqillikka erishmasdan turib siyosiy mustaqillikka erisha olmasligiga qat’iy ishonganini e’tirof etishadi. "Karimov tomonidan aynan shuning uchun butun dunyoda rivojlanishning o‘zbek modeli deb tan olingan beshta tamoyilga asoslangan islohotlar dasturi ishlab chiqilgandi", — deyiladi maqolada.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov vafot etdi

O‘zbekistonda amalga oshirilgan keng miqyosdagi islohotlar haqida o‘quvchilarni xabardor etar ekan, nashr mamlakatda sanoatning mutlaqo yangi yuqori texnologik sohalari tashkil etilganligi, jahon miqyosidagi sanoat obyektlari bunyod qilinganligi, zamonaviy yo‘l-transport va injenerlik-kommunikatsiya infratuzilmasi yaratilganligini qayd etadi.

Maqolada respublikaning birinchi Prezidenti tomonidan amalga oshirilgan islohotlar natijasida O‘zbekiston jahonda iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan beshta davlat qatoriga kirganligi ma’lum qilinadi.

The Japan Times Islom Karimovning qishloq xo‘jaligini isloh qilishdagi tashabbuskorlik faoliyatiga alohida urg‘u beradi. Uning tashabbusi bilan dunyo amaliyotida o‘xshashi yo‘q dastur asosida qishloqlarning qiyofasi tubdan o‘zgarmoqda, qishloqlarda aholining turmush darajasini shahardagidan aslo qolishmaydigan tarzda ta’minlovchi uy-joylar barpo etilmoqda.

"O‘zbekiston rahbari Oliy Bosh Qo‘mondon sifatida o‘zbek xalqining tinchlik va xotirjamligini, mustaqilligi, chegaralari daxlsizligini himoya qilishga qodir Harbiy Kuchlarning jangovar qudrati va salohiyatini oshirgan tub islohotlarga asos soldi.

Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharif (chapda) rafiqasi Kalsum Navoz Sharif bilan - Sputnik O‘zbekiston
Navoz Sharif: Islom Karimov - o‘z xalqi yo‘lini yoritib borgan buyuk rahbar

Shu bilan birga, u O‘zbekistonning tinchliksevarlik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik va nizolarni faqat tinch, siyosiy yo‘l bilan hal etishga asoslangan tashqi siyosat Konsepsiyasini ishlab chiqdi va amalga tatbiq qildi. Mamlakat rahbari hududda va butun dunyoda tinchlik va barqarorlikning saqlanishiga ulkan hissa qo‘shdi", – deb yozadi nashr.

Yaponiya gazetasi O‘zbekiston yetakchisining zamonaviy xalqaro standartlarga asoslangan ta’lim sohasini rivojlantirishdagi xizmatlariga alohida to‘xtalib o‘tadi. Islom Karimov bugungi va ertangi kunning hal qiluvchi kuchi bo‘lgan yoshlarning fikrlashi va dunyoqarashida tub burilish yasagan o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasining mutlaqo yangi tizimiga asos soldi va hayotga tatbiq etilishiga boshchilik qildi. 

Maqola so‘ngida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti o‘z xalqini cheksiz sevganligi va butun umrini vataniga xizmat qilishga bag‘ishlagani ta’kidlanadi.

O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov 2-sentabr kuni 78 yoshida vafot etdi va tug‘ilib-o‘sgan shahri Samarqandda musulmon urf-odatlariga ko‘ra dafn etildi.

Yangiliklar lentasi
0