"O‘zbekiston" MAK "Belavia" bilan kod-sher kelishuvini imzoladi

© Gennady Misko"O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi samolyoti
O‘zbekiston havo yo‘llari aviakompaniyasi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu hamkorlik tufayli ikkala aviakompaniya yo‘lovchilari jozibador narxlarda sayohat qilish, shuningdek, Minsk orqali tranzit bilan Yevropa va MDHdagi yo‘nalishlarga, Toshkent orqali - Markaziy va Sharqiy Osiyo aeroportlariga uchilganda qulay tutash yo‘llardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

TOShKENT, 24 sen — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi Belarusning "Belavia" aviatashuvchisi bilan havo yo‘llaridan birgalikda foydalanish (kod-shering) shartnomasini imzoladi, deb xabar qilmoqda "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK matbuot-xizmati.

S7 Airlines aviakompaniyasi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston" MAK va Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi kod-shering bitimini imzolashdi
"Ushbu hamkorlik ikkala aviakompaniya yo‘lovchilariga jozibador narxlarda sayohat qilish, shuningdek, Minsk orqali tranzit bilan Yevropa va MDHdagi yo‘nalishlarga, Toshkent orqali — Markaziy va Sharqiy Osiyo aeroportlariga uchilganda qulay tutash yo‘llardan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi", — deyiladi xabar matnida.

Ayni paytda "O‘zbekiston havo yo‘llari" va "Belavia" o‘rtasida interlayn-kelishuv amal qiladi (u o‘z blanklarida hamkor aviakompaniya yo‘nalishlarida aviatashuvni rasmiylashtirish huquqini beradi), bundan tashqari, elektron interlayn joriy etilgan (elektron chiptalarning o‘zaro tan olinishi).

"Belaviya" aviatashuvchisi bilan Toshkent — Minsk — Toshkent yo‘nalishida kod-sher bitimi 2016-yilning 15-sentabridan beri amal qiladi, deya ta’kidlangan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0