"O‘zbekiston" MAK va Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi kod-shering bitimini imzolashdi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishS7 Airlines aviakompaniyasi samolyoti
S7 Airlines aviakompaniyasi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya va O‘zbekiston aviakompaniyalari o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi. Hujjatga muvofiq, S7 endilikda Toshkentga haftasiga uch marotaba uchadi, "O‘zbekiston" MAK esa Namangandan Novosibirskka to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni amalga oshiradi.

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK va Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi hamkorlikdagi reyslarni amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi kod-shering bitimini imzolashdi, deb xabar qiladi S7 Airlines matbuot-xizmati.

Kelishuvga muvofiq, Rossiya aviakompaniyasi tomonidan "Toshkent — Novosibirsk" yo‘nalishida amalga oshiriluvchi parvozlar soni uch barobarga ortadi. Shu kungacha kompaniya haftaning yakshanba kunlarida reyslarn amalga oshirib kelayotgan edi, endilikda esa aviakompaniya jadvaliga yana ikkita reys qo‘shildi — dushanba va payshanba kunlari ham parvozlar amalga oshiriladigan bo‘ldi.

O‘z navbatida, "O‘zbekiston havo yo‘llari" Novosibirskdan Namangan shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Parvozlar har dushanba kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning Airbus A320 samolyotida amalga oshiriladi.

Nukus va Navoiydan Moskvaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yildi
Novosibirskning Tolmachovo aeroportidan uchish vaqti — 16:30, Namangan aeroportidan esa — mahalliy vaqt bilan soat 10:20da.

S7 Airlines’ning boshqa shaharlardan keluvchi yo‘lovchilari Toshkent va Namanganga Novosibirsk aeroportidan yo‘l olishlari mumkin bo‘ladi. Bunday yo‘nalishga yagona aviachipta rasmiylashtiradi.

O‘z navbatida, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK kodi S7 Airlines’ning Novosibirsk — Toshkent va Novosibirsk — Farg‘ona reyslarida paydo bo‘ladi. O‘zbekistonlik yo‘lovchilar nafaqat Novosibirskka uchib borishlari mumkin, balki Tolmachovo aeroportida Rossiyaning boshqa shaharlariga hamda xorijiy shaharlarga ham yo‘l olishlari mumkin bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0