Lavrov: AQSh Bashar Asaddan kechirim so‘radi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishSuriyadagi vaziyat
Suriyadagi vaziyat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlari Suriya armiyasiga bergan avizarbasi uchun mamlakat prezidenti Bashar Asaddan kechirim so‘ragan.

TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Qo‘shma Shtatlar Suriya armiyasiga bergan aviazarbasi uchun mamlakat prezidenti Bashar Asaddan kechirim so‘radi, deb aytgan "Vesti v subbottu" dasturi davomida Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov. RIA Novosti xabari asosida.

Suriyadagi vaziyat - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Suriya armiyasiga zarba berdi, 62 kishi qurbon bo‘ldi
17 sentabr kuni AQSh boshchiligidagi "ID"ga qarshi koalitsiya samolyotlari Dayr az-Zor yaqinida terrorchilar qurshovida bo‘lgan Suriya armiyasiga to‘rt marta avizarba bergan edi. Oqibatda 62 harbiy qurbon bo‘ldi 100ga yaqini jarohatlandi. 

Pentagon vakillari ushbu hodisa yuzasidan "afsusda" ekanliklarini aytib, ular aslida "terrorchilarni" nishonga olishganini ma’lum qilishgan.

Rossiya TIVning rasmiy vakili Mariya Zaxarova bu hodisaga izoh berar ekan, "AQSh hukumat qo‘shinlarini qanday "himoya" qilishini namoyon qildi", — deb aytgan edi.

Bashar Asad - Sputnik O‘zbekiston
Bashar Asad: AQSh Suriya qo‘shinlariga ataylab zarba bergan
"Aviazarba bilan bog‘liq vaziyat biroz g‘alati. AQSh Davlat Kotibi Jon Kerriga, so‘ngra, Suriyadagi xalqaro qo‘llab-quvvatlash guruhiga Dayr az-Zordagi vaziyat, Aleppodan farqli o‘laroq, mana ikki yildirki o‘zgarmay kelayotgani haqida aytdim. Suriya harbiylari u yerda "ID" qurshovida qolgan. Biz muntazam ravishda ulaga insonparvarlik yordamini ko‘rsatib kelamiz: Suriya armiyasi harbiylariga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan narsalarni yetkazib berib turamiz. Tovarlarni samolyotlardan tashlaymiz. Xuddi shunday reyslar BMT tomonidan ham amalga oshirilgan. Bu hammaga ayon faktlar. AQSh tomonidan tashkil qilingan va "ID"ga qarshi faoliyat olib boruvchi koalitsiya razvedkachilari kim qayerda joylashganini unutib qo‘ygan yoki adashtirib qo‘ygan bo‘lishiga ishonish qiyin. Garchi hech kimni ayblamoqchi bo‘lmasam-da, buni aytishga majburman", — deya ta’kidlagan Lavrov.

Yangiliklar lentasi
0