Kamilov: Afg‘onistonning donor mamlakatlari majburiyatlarini bajarishi juda muhim

© Sputnik / A. Solomonov / Mediabankka o‘tishQandag‘or aholisi
Qandag‘or aholisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abdulaziz Kamilovning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondagi vaziyat hamon xalqaro xavfsizlik va barqarorlikning asosiy bosh og‘rig‘i bo‘lib qolmoqda. "Afg‘on mojarosi nafaqat barham topmayapti, balki kuchayib, tobora murakkablashib bormoqda".

TOShKENT, 24 sen — Sputnik. BMT Bosh Assambleyasining 23-sentabrdagi majlisida O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ma’ruza qildi. U jahon hamjamiyatiga qarata so‘zlagan nutqida Toshkent nuqtayi-nazaridan muhim bo‘lgan xalqaro va mintaqaviy muammolarga to‘xtalgan.

Xususan, Abdulaziz Kamilovning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondagi vaziyat hamon xalqaro xavfsizlik va barqarorlikning asosiy bosh og‘rig‘i bo‘lib qolmoqda. "Afg‘on mojarosi nafaqat barham topmayapti, balki kuchayib, tobora murakkablashib bormoqda".

"Afsuski, ushbu mamlakatda to‘planib qolgan qarama-qarshiliklarni hal etish istiqboli ko‘rinmayapti. Afg‘on muammosini faqatgina BMT vasiyligida, hech qanday dastlabki shartlarni ilgari surmasdan, o‘zaro ziddiyat qilayotgan asosiy tomonlar ishtirokida tashkil etiluvchi tinch siyosiy muzokaralar vositasida erishiluvchi milliy kelishuv negizida hal etish mumkin", — degan O‘zbekiston TIV rahbari.

"Donor mamlakatlar va xalqaro institutlar Afg‘onistonga yordam berish bo‘yicha zimmalariga olgan majburiyatlarini sidqidildan ado etishi juda muhimdir. Mablag‘lar, mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash, birinchi navbatda, ta’lim-tarbiya sohasiga jalb etilishi maqsadga muvofiq", — deb qo‘shimcha qilgan u.

Afg‘on jangchilari va Islom davlati jangarilari to‘qnashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston-2016: “ID”, "Tolibon", Xitoy orzulari va Tojikiston xadigi
Komilovning aytishicha, Afg‘onistondagi tinchlik Yevrosiyo mintaqasidagi barcha mamlakatlar uchun ulkan va sezilarli foyda keltiradi. Afg‘onistondagi mustahkam tinchlik va barqarorlik avtomobil va temir yo‘llari barpo etish, mintaqaviy va transmintaqaviy savdoni rivojlantirish, barcha yo‘nalishlarda quvurlar o‘tkazishga imkon beradi.

Shu munosabat bilan, xalqaro hamjamiyat Afg‘onistonga mintaqaviy muammolar, tahdid va chaqiriqlar emas, balki ajoyib strategik imkoniyatlar mamlakati sifatida qarashi lozim. Shu bilan, barchaning birdek gullab-yashnashi va farovonligiga xizmat qiluvchi ko‘p tomonlama hamkorlik uchun fundamental va mustahkam asoslarni shakllantirish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0