MSK to‘rtta siyosiy partiyaga saylovlarda ishtirok etishga ruxsat berdi

© SIK UzbekistanaO‘zbekistonda prezident saylovlari
O‘zbekistonda prezident saylovlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalarning vakolatli vakillariga ro‘yxatga olinganlik guvohnomalarini va belgilangan namunadagi imzo varaqalarining blankalarini berdi.

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Joriy yilning 23-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Komissiya raisi M. Abdusalomov boshqardi, deb xabar qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot-markazi.

Xabarda aytilishicha, majlisda siyosiy partiyalar vakillari, ommaviy axborot vositalarining xodimlari ishtirok etgan.

Jurnalistlar - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy saylov komissiyasi bir qator OAVlar bilan saylovni yoritish bo‘yicha bitimlar imzoladi
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida"gi Qonunning 241–moddasi va "O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida"gi Qonunning 5-moddasiga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi 2016-yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiyalarning taqdim etilgan arizalari va boshqa hujjatlarini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasiga saylovda ishtirok etishga ijozat berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

"Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalarning vakolatli vakillariga ro‘yxatga olinganlik guvohnomalarini va belgilangan namunadagi imzo varaqalarining blankalarini berdi", — deyilgan xabarda.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarini tuzish va ularning shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqilgan.

Komissiya a’zolari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqqanlar. Barcha muhokama qilingan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilingan.

Yangiliklar lentasi
0