TOShKENT, 18 avg — Sputnik. AQSh mamlakatga o‘z qurolini olib kirayotgani haqida Islandiya rasmiylarini ogohlantirishni rejalashtirmagan, deb yozadi RIA Novosti Popular Science nashriga tayangan holda.
Hujjatlarga ko‘ra, Islandiya doimiy tarzda Amerika Qo‘shma Shtatlaridan mamlakat hududida yadro quroli bo‘lmasligiga kafotlat berishni talab qilgan. AQSh davlat Departamenti Islandiyaga javoban bu faqat Sovet Ittifoqi uchun foydali bo‘lishini ta’kidlab kelgan. Va bu vaqt oralig‘ida yadro qurolini joylashtirish rejasi ustida bosh qotirgan.
Islandiya hukumati amerikaliklarning hatti-harakatidan voqif bo‘lgach, Pentagonga NATOdan chiqishlarini aytib, tahdid qilganlar.
Ultimatum qo‘yilganidan keyin amerikalik diplomatlar Islandiyada maxfiy tarzda yadro qurolini joylashtirish foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltirishini anglab yetganlar.