Si Szinpin Buxorogo tashrif buyurdi

Obuna bo‘lish
XXR raisi O‘zbekistonga 21-iyun kuni rasmiy tashrif bilan kelgan edi. Xitoy rahbari kecha Buxoroga tashrif buyurdi.

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Xitoy Xali respublikasi raisi O‘zining O‘zbekistonga tashrifi davomida Buxoroga qadam ranjida qildi, O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati xabari asosida.

Toshkent xalqaro aeroportida oliy mehmonni O‘zbekiston prezidentining shaxsan o‘zi kutib oldi. Keyin ikki prezident Buxoroga yo‘l olishdi.

Xitoy Xalq respublikasi raisi Si Szinpin O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Buxoroning eng mashhur yodgorliklaridan biri bo‘lgan Ark majmuasini tomosha qildi. Xitoy raisi — ushbu majmua o‘zbek xalqining yararuvchanlik qobiliyatining yorqin timsoli va ilm va fan rivojlaninshiga bo‘lga ulkan e’tiboridan dalolatnoma, — dedi. Keyin Xitoy rahbari Somoniylar maqbarasi va Poy Kalon majmuasini ham tomosha qilishdi.

Si Szinpin Buxoroning tarixiy yodgorliklari o‘zbek xalqining boy madaniy me’rosi va milliy me’morchilik an’analarining yaqqol misoli ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Undan tashqari Xitoy rahbari mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ulkan yaratuvchanlik va obodonlashtirish ishlariga yuksak baho berdi.

Xitoy rahbari Toshkentda 23-24 iyun kunlari o‘tkazish belgilangan ShHT sammitida qatnashib 24-iyun kuni O‘zbekistonni tark etadi.

Yangiliklar lentasi
0