Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumaniga yangi hokim tayinlandi

Obuna bo‘lish
Ilgariroq O‘zbekiston prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev "ish faoliyatida muntazam qoloqlik va jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun" Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shomansur Ahmedovni lavozimidan ozod etgan edi...

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Sherzod Kudbiyev Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumaniga hokim etib tayinlandi, deb xabar qilingan Toshkent shahar hokimligi rasmiy saytida.

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi va IIB boshlig‘i ishdan bo‘shatildi
Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi sayti axborotiga ko‘ra, Sherzod Kudbiyev 1981-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan.

Farg‘ona politexnika institutida assistent, katta o‘qituvchi (2002—2007-yillarda), O‘zbekiston Mehnat vazirligi tuzilmalarida mutaxassis, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari (2007—2010), O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tuzilmalarida mutaxassis (2010—2012) sifatida mehnat qilgan.

2012—2015-yillarda Sherzod Kudbiyev Respublika aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish ilmiy markaziga direktorlik qilgan. Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi etib tayinlanguniga qadar, Kudbiyev Vazirlar Mahkamasida departament mudiri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Yangiliklar lentasi
0