Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi va IIB boshlig‘i ishdan bo‘shatildi

Obuna bo‘lish
Ilgariroq Shavkat Mirziyoyev poytaxt ma’muriyati va tegishli muassasalarga Yunusobod yo‘lining qurilayotgan ikki bekatini yakunlash haqida topshiriq bergani aytilgandi.

TOShKENT, 20 sen – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumani hokimligida Toshkent shahri va tumanlari hokimliklari, boshqa mutasaddi idoralar rahbarlari va faollari ishtirokida o‘tkazgan yig‘ilishida Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi va ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ini lavozimidan ozod etdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi saytida xabar qilinmoqda.

“Ish faoliyatida muntazam qoloqlik va jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shomansur Ahmedov hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Saidakbar Po‘latov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Tumanning bir qator mutasaddi idoralari rahbarlari — prokuror Timur Normuhammedov, davlat soliq inspeksiyasi rahbari Abdurauf Karimov jiddiy ogohlantirildi”, — deyiladi xabarda.

Ilgariroq Shavkat Mirziyoyev poytaxt ma’muriyati va tegishli muassasalarga Yunusobod yo‘lining qurilayotgan ikki bekatini yakunlash haqida topshiriq bergani aytilgandi.

Yangiliklar lentasi
0