Sobiq TTZ modernizatsiya qilinmoqda

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishTraktor zavodi
Traktor zavodi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu maqsadlar uchun 20 million dollardan ortiq miqdordagi kreditdan foydalanilmoqda.

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Toshkent qishloq xo‘jalik texnikalari zavodi (sobiq Toshkent traktor zavodi – TTZ)ni modernizatsiya qilish va qaytadan texnologik jihozlash ishlari boshlandi, deb xabar beradi "Novosti Uzbekistana".

Kompaniyadagilarning xabar berishlaricha, ushbu maqsadlar uchun "Asakabank"ning Toshkent shahar filialidan olingan 60,5 milliard so‘m (20 million dollardan ortiq) lik mablag‘ sarflanadi.

Avtomatlashtirilgan liniya - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Italiya bilan qo‘shma korxona tashkil etiladi

Ilgariroq Mirzo Ulug‘bek tumani hokimining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Bahodir Boqiyev Sputnik O‘zbekiston muxbiriga eski zavod hududida 2014-yildan buyon agrar sektori uchun uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Toshkent qishloq xo‘jalik texnikalari zavodi faoliyat ko‘rsatayotganini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, korxona quvvatini bir nechta bosqichda modernizatsiya qilish rejalashtirilgan bo‘lib, 2019-yilda nihoyasiga yetadi. Asosiy investor o‘zbek tomoni bilan zavodning texnik va texnologik qayta jihozlanishi uchun 50 million dollardan ortiq mablag‘ni yo‘naltirishni maqsad qilgan Germaniyaning CLAAS kompaniyasi hisoblanadi.

2016-2017 yillarda birinchi bosqichda korxonada nemis kompaniyasining turli qishloq xo‘jalik texnikalari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va kengaytirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. 2018-2019 yillarda ikkinchi bosqichda quyish sexi, butlovchi qismlarni muhrlash liniyasi, transmissiyalar uchun quyma qismlar ishlab chiqarish sexlari texnologik qayta jihozlanadi, shuningdek O‘zbekiston qishloq xo‘jalik korxonasi bazasida CLAAS kompaniyasi bilan birgalikda qo‘shma korxona tashkil etiladi va dvigatellar yig‘ish yo‘lga qo‘yiladi.

Yangiliklar lentasi
0