Toshkentda Italiya bilan qo‘shma korxona tashkil etiladi

© Sputnik / Sergey PivovarovAvtomatlashtirilgan liniya
Avtomatlashtirilgan liniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi qo‘shma korxona 2016-yil oxirida tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Italiyaning "Bertuzzi" kompaniyasi 2016-yil oxirida Toshkentdagi “Texnolog” korxonasi bilan hamkorlikda qo‘shma korxona tashkil etadi, deb yozadi "Novosti Uzbekistana" Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 5-avgustdagi qaroriga tayanib.

"O'zgarosanoatmashxolding" aksiyadorlik xolding kompaniyasining ma’lumotiga ko‘ra, "Texnolog" aksiyadorlik jamiyati 1959-yilda tuzilgan (ilgari korxona "Texnolog" IIChK deb atalgan). Korxona 2014-yilda aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan. "O'zgarosanoatmashxolding" aksiyadorlik xolding kompaniyasi tarkibiga kiradi va mashinasozlik sohasida ko‘p tarmoqli konstruktorlik-texnologik tashkiloti hisoblanadi.

Jizzax maxsus industrial zonasi. - Sputnik O‘zbekiston
“Jizzax” maxsus industrial zonasida uchta yangi korxona ochildi

"Texnolog" AJ texnologik jihozlar, ishlab chiqarish liniyalari, nostandart mashinalarni loyihalash, konstruksiyalash va ishlab chiqarish hamda "O'zgarosanoatmashxolding", "O‘zbekenergo" va boshqa tashkilotlarga import o‘rnini bosuvchi uskunalar chiqarishga ixtisoslashgan.

"Texnolog" AJning ma’lumotiga qaraganda, 2015-yilda olingan 141 mln so‘m sof foydaning 7 mln so‘mi korxona zaxira jamg‘armasiga, 134 mln so‘mi esa o‘tgan yillardagi zararni qoplashga ketgan.

Yangiliklar lentasi
0