TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Payshanba kuni Moskva shahrida Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Grigoriy Karasin va Xitoyning Rossiyadagi elchisi Li Xuey Markaziy Osiyodagi vaziyatni muhokama qildilar, deb xabar qilingan Rossiya TIV rasmiy saytida.
"Tomonlar eng dolzarb xalqaro masalalar, shu jumladan, Markaziy Osiyodagi holat bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdilar", — deyiladi xabarda.
"Markaziy Osiyoning eng muhim respublikalaridan biri bo‘lmish — O‘zbekistonda 2-sentabr kuni 78 yoshda insult oqibatida respublika prezidenti Islom Karimov vafot etdi. Prezident vazifasini vaqtincha bajarish Bosh vazir Mirziyoyevga yuklatildi. Markaziy Saylov komissiyasi raisi Ulug‘bek Abdusalomov prezident saylovlari bo‘lib o‘tadigan sana sifatida 4-dekabr belgilanganini aytib o‘tgan", — deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.
"O‘zbekistonga qo‘shni bo‘lgan Qirg‘izistonda esa mamlakat prezidenti Almazbek Atambayev sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli qisqa ta’tilga chiqdi.
Sal oldin esa Qirg‘iziston rahbari yurakdagi muammolar tufayli Nyu-Yorkda o‘tkaziladigan BMT Bosh Assambleyasi 71 sessiyasida ishtirok etmasligi ma’lum qilingan edi. Atambayev hozirda Turkiyada tibbiy tekshiruvni davom ettirmoqda. Uning ta’tili 1-oktabrgacha davom etishi mumkin", deyilgan xabarda.