Quvasoydagi mudhish qotillik haqida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Erkak 17-sentabr kuni ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib, xotini va o‘g‘li bir necha kundan buyon uydan chiqib ketishganicha qaytib kelishmaganini, bedarak yo‘qolganliklarini bildirib ariza bergan.

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Quvasoylik I. ismli erkakning o‘z xotini va kenja o‘g‘lini chopib tashlaganligi holati bilan bog‘liq yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston nashriga hodisadan xabardor manba bildirdi.

Manbaning so‘zlariga qaraganda, I. turmush o‘rtog‘i va o‘g‘lini 8-sentabr kuni o‘ldirgan va ularning jasadlarini molxonaga ko‘mgan. Xotini va o‘g‘li haqida so‘ragan qiziga, qo‘ni-qo‘shnilariga esa o‘zini aslo yo‘qotmasdan ularning tez kunlarda Rossiyaga qaytib ketishlarini, shuning uchun hujjat ishlari bilan yurishganini aytgan.

I. 17-sentabr kuni ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib, xotini va o‘g‘li bir necha kundan buyon uydan chiqib ketishganicha qaytib kelishmaganini, bedarak yo‘qolganliklarini bildirib ariza bergan.

Mudhish jinoyat: farg‘onalik erkak Rossiyadan qaytgan xotini va o‘g‘lini chopib tashladi

Ichki ishlar xodimlari arizaga asosan zudlik bilan qidiruv e’lon qilishgan va so‘rab-surishtirishlar jarayonida bedarak yo‘qolganlar O‘zbekiston chegarasini tark etishmagani aniqlangan. Shundan so‘ng erkak ichki ishlar xodimlari tomonidan batafsil ma’lumot olish uchun so‘roq qilingan.

So‘roqdan uyiga qaytib kelgan erkak molxonaga o‘t qo‘yib yoqib yuborgan. Shundan keyin uning xotini va farzandi bedarak yo‘qolmagani, balki o‘ldirilib, molxonaga ko‘milgani ma’lum bo‘lgan.

“Hozircha u turmush o‘rtog‘i va o‘g‘lini nima uchun o‘ldirgani aniq emas”, deydi manba.

Yangiliklar lentasi
0