Atambayev sog‘ligi tufayli BMT kengashida qatnasha olmaydi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishQirg‘iziston prezidenti - Almazbek Atambayev
Qirg‘iziston prezidenti - Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nyu-Yorkka uchib ketayotgan Qirg‘iziston prezidenti samolyoti Turkiyada to‘xtagan vaqtida prezident o‘zini yomon his qilib qoldi.

TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev, sog‘ligi tufayli, Nyu Yorkda bo‘lib o‘tayotgan BMT Bosh assambleyasi kengashiga tashrifini bekor qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston, prezident matbuot kotibi Almaz Usenov so‘zlariga asoslanib.

Bundan oldin Atambayev BMTning 71 sessiyasiga yo‘l olgani xabar qilingan edi. Samolyot Turkiyaning Otaturk aeroportiga qo‘ngan vaqtida, prezident ko‘krak qismida og‘riq sezgan va unga vrachlar  yordamga yetib kelgan.

Dastlabki ko‘rik asosida vrachlar prezidentda yurak kasali alomatlarini topishgan va unga darhol chuqurroq tashhis o‘tkazsh kerakligini xabar berishgan.

Atambayev buyrug‘iga binoan BMT kengashida Qirg‘iziston delegatsiyasiga respublika tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev boshchilik qiladi.

Yangiliklar lentasi
0