TOShKENT, 21 sen — Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Toshkent viloyatini 2016-2018 yillarda kompleks rivojlantirish bo‘yicha umumiy qiymati 1 milliard dollarga yaqin dasturni tasdiqladi, deb xabar qilgan seshanba kuni O‘zbekiston prezidenti v.b., Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev.
"Hukumat yaqinda umumiy hajmi 1 milliard dollarlik Toshkent viloyatini rivojlantirish dasturini tasdiqladi", — deb xabar qildi Mirziyoyev Angren shahar rahbariyati bilan uchrashuvda. Uning so‘zlaridan "O‘zbekiston" telekanali iqtibos keltirgan.
Telekanal xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning muvaqqat prezidenti seshanba kuni Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bilan tanishish maqsadida Angrenga tashrif buyurgan.
Bu yerda yiliga 100 ming metr konveyer tasmalari, 200 ming qishloq xo‘jaligi shinalari, 3 million avtomobil shinalari ishlab chiqarish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda. 2015–2018 yillarga mo‘ljallangan loyiha hayotga tatbiq etilishi orqali 1200 ish o‘rni yaratish imkoniyati yuzaga keladi. Loyiha doirasida zavodning 105 nafar mutaxassisi Xitoydagi shunday yo‘nalishdagi zavodlarda stajirovka o‘tab qaytishi borasida kelishuvga erishilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti v. b. Shavkat Mirziyoyev 16-sentabr kuni Jizzax viloyatida bo‘lib, tashkiliy masalalarni ko‘rib chiqqan edi.
18 sentabr kuni esa u Toshkentning bir qator tumanlariga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, aholi mavzelari, ko‘p qavatli uy-joylar va ijtimoiy soha obyektlarini kuzgi-qishki mavsumga tayyorlash ishlarining holati bilan bevosita tanishgandi.