Shavkat Mirziyoyev viloyatlarga ilk safarini amalga oshirdi

© Sputnik / Dmitriy AstaxovO‘zbekiston prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev Jizzax viloyatiga safari chog‘ida Jizzax shahri, Paxtakor, Zafarobod, va Do‘stlik tumanlariga borgan. Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati faollari bilan uchrashib, sanoatni rivojlantirish, paxta hosilini yig‘ib olish va yig‘im-terim mavsumini ko‘ngildagidek o‘tkazish masalalarini muhokama qildi, deb xabar qilindi televideniyada.

TOShKENT, 17 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi, Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 16-sentabrda Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi va region rahbariyatida kadrlar almashinuvini amalga oshirdi, deb xabar qildi juma kuni O‘zbekiston mahalliy televideniyasida.

Shavkat Mirziyoyev hukumat tarkibini o‘zgartirishni boshladi
O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov 2-sentabr kuni insult oqibatida Toshkent shahrida vafot etdi.
Konstitutsiyaga binoan Oliy Majlis senati Raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev O‘zbekiston prezidenti v.b. etib tayinlanishi kerak edi. Ammo Yo‘ldoshev bu vakolatni qabul qilishni rad etgach O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashining qo‘shma yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchisi etib tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga safari chog‘ida Jizzax shahri, Paxtakor, Zafarobod, va Do‘stlik tumanlariga borgan. Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati faollari bilan uchrashib, sanoatni rivojlantirish, paxta hosilini yig‘ib olish va yig‘im-terim mavsumini ko‘ngildagidek o‘tkazish masalalarini muhokama qilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev, Jizzax shahri xalq deputatlari sessiyasida ishtirok etgan. Unda, tashkiliy masala ko‘rilgan. O‘z vazifasini bajarishda nuqsonlarga yo‘l qo‘ygani uchun shahar hokimi Asror Qobilov o‘z vazifasidan ozod etilgan.

"Jizzax shahri xalq deputatlari Shavkat Mirziyoyev tavsiyasiga binoan, avvalroq Toshkent shahri hokimi lavozimida faoliyat yuritgan Abduqahhor To‘xtayevni Jizzax shahar hokimi vazifasiga tasdiqlashdi", — deb xabar qilindi televideniyada.

Shu kuni boshqa tashkiliy masalalar ham ko‘rilgan. Xususan, mehnat faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani bois, Jizzax viloyati prokurori Shuhrat Akbarov hamda qator tuman hokimlari lavozimidan ozod etilgan.

Jizzax viloyati rahbariyati oldiga mavjud kamchiliklarga barham berish, barcha sohalarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan istiqboldagi dolzarb vazifalar aniqlab olingan.

Yangiliklar lentasi
0