Erdo‘g‘on BMT Bosh Assambleyasida Turkiyadagi harbiy ison haqida so‘zlashga tayyor

© AFP 2023 / Adem AltanTurkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘on
Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Anqara barcha mavjud maydonlarda "Turkiya va boshqa mamlakatlar uchun xavfli bo‘lgan Gulen va uning jinoiy uyushmasi haqida o‘z do‘stlarini ogohlantirish"ga tayyor.

TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘on Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasida chiqishi davomida dunyo hamjamiyatini o‘z mamlakatida sodir etilgan davlat to‘ntarishiga urinish haqida xabardor qilish niyati haqida e’lon qildi. RIA Novosti axborot agentligi xabari asosida.

"BMT Bosh Assambleyasi ishtirokchilariga qiladigan murojaatim 15-iyul kuni Turkiyada amalga oshirilgan harbiy ison haqida, shuningdek, 241 insonning umriga zomin bo‘lgan Fatxulla Gulenning terrorchilik oqimi haqida dunyo hamjamiyatini xabardor etish uchun yaxshi imkoniyat, deb bilaman", — deya ta’kidladi Erdo‘g‘on jurnalistlarga AQShga uchib ketish oldidan.

Turkiya prezidenti "rasmiy Anqara barcha mavjud maydonlarda Turkiya va boshqa mamlakatlar uchun xavfli bo‘lgan Gulen va uning jinoiy uyushmasi haqida o‘z do‘stlarini ogohlantirish"da davom etajagini qo‘shimcha qildi.

16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada isonchilar guruhi harbiy to‘ntarishni amalga oshirishga urindi. Asosiy to‘qnashuvlar Anqara va Istambul shaharlarida ro‘y berdi. Oqibatda 240 nafardan ortiq Turkiya fuqarolari halok bo‘ldi, 2 mingdan ziyod kishi jarohatlandi, ison bostirildi.

Turkiya hukumati to‘ntarishni amalga oshirganlikda Fatxulla Gulenni ayblab AQShdan uning ekstradatsiyasini  talab qila boshladi. Gulenning o‘zi isonni qoralab chiqqan va unga aloqadorligini inkor etgan.

Yangiliklar lentasi
0