Moskvada noqonuniy migratsiya tashkilotchilari qo‘lga olindi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishHujjatlar
Hujjatlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tezkor qidiruv tadbirlari davomida Moskva shahrida guruhning Markaziy Osiyodan bo‘lgan, ayrimlari ilgari sudlangan 10 nafar a’zosi qo‘lga olindi.

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Huquqni muhofaza qilish xodimlari noqonuniy migratsiya oqimini tashkil etish bilan shug‘ullangan guruh ishtirokchilarini qo‘lga oldi, deb xabar beradi RIA Novosti Rossiya IIV rasmiy saytiga asosan.

"Rossiya IIV jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi xodimlari federal xavfsizlik xizmati hamda boshqa huquqni muhofaza qilish organlaridagi hamkasblari bilan hamkorlikda Moskva, Smolensk va Bransk viloyatlari hududida noqonuniy migratsiya tashkil etishga ixtisoslashgan guruh faoliyatiga chek qo‘ydilar", — deyiladi Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volk tomonidan.

Tezkor qidiruv tadbirlari davomida Moskva shahrida guruhning Markaziy Osiyodan bo‘lgan, ayrimlari ilgari sudlangan 10 nafar a’zosi qo‘lga olindi. Uch nafar gumondorga nisbatan ekstraditsiya qilish masalasi ko‘rilmoqda.

Soxta hujjat tayyorlagan ayollar 7-yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin - Sputnik O‘zbekiston
Soxta hujjat tayyorlagan ayollar 7-yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin

"Qo‘lga olinganlarning yashash joyi tintuv qilinganida elektron axborot tashuvchilar, Rossiya va MDH fuqarolari pasportlari, tibbiyot daftarchalari, haydovchilik guvohnomalari, migratsion karta blankalari, kredit kartalari, to‘pponcha maketi va uch dona pichoq topilgan”,— deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining "Rossiya Federatsiyasi chegarasini noqonuniy kesib o‘tish" va "hujjatlar, davlat mukofotlari, shtamplar, muhrlar, blankalarni soxtalashtirish, tayyorlash va foydalanishga kiritish" moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0