AQSh bombardimonchilari Janubiy Koreya ustidan uchib o‘tdi

Obuna bo‘lish
Qo‘shma Shtatlar bombardimonchilari Janubiy Koreya ustidan uchib o‘tdi. Shu hodisadan so‘ng Xitoy Respublikasi Koreya yarimorolidagi barcha tomonlarni tinchlikni saqlashga va vahima qilmaslikka chaqirdi.

TOShKENT, 21 sen — Sputnik, Ivan Bulatov. Xitoy Amerika bombardimonchilarining Koreya ustidan uchib o‘tishi tufayli vahima qilmaslikka chaqirmoqda, deb xabar tarqatgan RIA Novosti. Bu haqda XXR TIV vakili Lu Kan chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, sal oldin Reyter agentligi, Amerikaning V-1V bombardimonchilari Koreya Respublikasi ustidan uchib o‘tgani haqida xabar qilgan edi.

"Shimoliy Koreya tomonidan beshinchi yadro sinovi o‘tkazilganidan so‘ng, yarimoroldagi vaziyatning o‘ta ta’sirchanligi saqlanib qolinmoqda. Umid qilamizki, barcha tomonlar tinchlikni saqlaydi va keyinchalik mojaro avj olishiga olib keluvchi keskin harakatlardan saqlanadilar", — deb ta’kidladi u.

Shimoliy Koreya rahbariga qarshi o‘tkazilayotgan mitingda Kim Chen In surati yoqib yuborildi - Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy Koreya chegarasi yadro sinovlarini qoralovchi minglab varaqalarga to‘lib ketdi
Xitoy Respublikasi o‘z pozitsiyasi aniqligini va mamlakat Koreya yarim oroliningadro qurolidan holi bo‘lishini istashini ma’lum qildi. Lu Kanning so‘zlariga qaraganda, Pekin yarimorolda tinchlik va farovonlik hukm surishi tarafdori, shuningdek mamlakat barcha tomonlarni nizolarni tinchlik yo‘li bilan hal etishga chaqirishini qo‘shimcha qildi.

Sal oldin Shimoliy Koreya navbatdagi yadro sinoviga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar tarqalgan edi. Janubiy koreyalik harbiylarning aytishlaricha, yangi yadroviy sinov yoki uzoq masofaga mo‘ljallangan raketaning uchirilishi 10-oktabrda, Koreya mehnat partiyasi tashkil etilganligining 68-yilligi nishonlanadigan kunda amalga oshirilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0