Bosh vazir o‘rinbosari qilichbozlik federatsiyasiga rahbarlik qiladi

Obuna bo‘lish
Federatsiyaning ilgarigi raisi Sobir Ro‘ziyev maslahatchi lavozimida faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Milliy Olimpiya qo‘mitasida o‘tkazilgan O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasida respublika Bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikramov federatsiya raisi etib saylandi. Bu haqda Olimpiya qo‘mitasining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Oqsaroy binosi - Sputnik O‘zbekiston
Adham Ikromov jismoniy tarbiya va sport masalalariga ham mas’ul etib tayinlandi

“…shu paytgacha qilichbozlik federatsiyasini boshqarib kelgan, xizmat ko‘rsatgan sport ustasi Sobir Ro‘ziyev so‘zga chiqib bundan buyog‘iga federatsiya ishini yangi bosqichga olib chiqish, sportning ushbu turini yanada rivojlantirishni ta’minlash maqsadida federatsiya raisligiga Bosh vazir o‘rinbosari Adxam Ikramov nomzodini ilgari surdi. Konferensiya ishtirokchilari ushbu taklifni bir ovozdan qabul qilishdi va Adxam Ilxomovich Ikramov O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisligiga saylandi”, — deyiladi xabarda.

Sobir Ro‘ziyevning o‘zi maslahatchi lavozimida faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.

Matbuot xizmatining xabarida konferensiyada 2020-yilgi Tokio olimpiadasiga nafaqat litsenziyalarni qo‘lga kiritish, balki sovrinli o‘rinlarni egallash va medallarga sazovor bo‘lish ustivor vazifa sifatida belgilanganligi bildirib o‘tilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0