Adham Ikromov jismoniy tarbiya va sport masalalariga ham mas’ul etib tayinlandi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishOqsaroy binosi
Oqsaroy binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning 13-sentabrdagi farmoniga muvofiq Adham Ikromov O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tasdiqlandi.

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Cal oldin O‘zbekiston prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev hukumat tarkibiga o‘zgartirishlar kiritishni boshlagani haqida xabar bergan edik.

Shavkat Mirziyoyev hukumat tarkibini o‘zgartirishni boshladi
Jumladan, O‘zbekiston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov ta’lim va fan sohalariga ham rahbarlik qilish yuklatilgani haqida yozgan edik.

O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning 13-sentabrdagi farmoniga muvofiq Adham Ikromov O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tasdiqlandi.

"Shu munosabat bilan Adham Ikromov O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, Sog‘liqni saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari kompleksi rahbari lavozimidan ozod etildi", — deyiladi O‘zbekiston hukumati portali axborotida.

Yangiliklar lentasi
0