TOShKENT, 20 sen — Sputnik. BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun dunyodagi barcha siyosatchilarni migrantlar va musulmonlarni ta’qib qilishdan voz kechishga chaqirdi, deb xabar beradi RIA Novosti.
"Borgan sari qochoqlar va migrantlar zo‘ravonlikka duch kelishmoqda. Ayniqsa musulmonlar turli shubha-gumonlar nishoniga aylanib qolishmoqda. Barcha siyosiy yetakchilar va nomzodlarga murojaat qilmoqchiman: odamlarni ajratish va yuragiga vahima solish orqali o‘zingizga ovoz to‘plash maqsadidagi kamsituvchi va siyosiy harakatlardan o‘zingizni tiying ", — dedi Bosh kotib BMT Bosh assambleyasida chiqish qilar ekan.
"Dunyo yolg‘onga va haqiqatning buzib ko‘rsatilishiga qarshi turishi, kamsitishning barcha shakllarini rad etishi darkor", — dedi u.