O‘zbekiston va Qirg‘iziston delegatsiyalari chegarani ko‘zdan kechirishdi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchinsev / Mediabankka o‘tishChegara nazorat punkti
Chegara nazorat punkti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra ushbu tekshirish mavjud bo‘lgan kelishmovchiliklarga o‘zaro qabul qilish mumkin bo‘lgan yechim topish maqsadida amalga oshirilmoqda.

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish delegatsiyalari ikki mamlakat orasidagi chegaraning 23 qismini ko‘zdan kechirib  chiqishdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Tashqi ishlar vazirligi oldin o‘zbek-qirg‘iz chegarasini tekshirish mavjud bo‘lgan kelishmovchiliklarga o‘zaro qabul qilish mumkin bo‘lgan yechim topish maqsadida amalga oshirilayotgani haqida xabar bergan edi.

"2016 yilning 14-20 sentabr kunlari Jalolobod va O‘sh shaharlarida kelishilgan tartibda O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish delegatsiyalari ishchi guruhlarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Delegatsiyalar birgalikda ikki mamlakat orasidagi davlat chegarasining 23 bo‘lagida dala tadqiqotlari o‘tkazishdi”, — deyilgan TIV xabarida.

Matbuot xizmatiga ko‘ra, o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasiga ko‘ra protokol imzolandi.

Chegarachilar xizmatda - Sputnik O‘zbekiston
MXX chegara qo‘shinlari iyulda 129 chegarabuzarni qo‘lga oldi

Sobiq SSSR tarqalib ketganidan keyin O‘zbekiston va Qirg‘iziston orasidagi chegaraning ¼ qismi delimitatsiya qilinmasdan qolgan. Ushbu sabab chegarada doimiy ravishda mojarolar kelib chiqishiga olib kelmoqda. Oxirgi uch yil davomida chegaraning ushbu bo‘lagida qurol ishlatilgan o‘nlab ko‘ngilsiz hodisalar yuz berdi.

2015 yilda Qirg‘iziston YeOIIga a’zo bo‘lganidan keyin ushbu davlat chegarasi Rossiya, Qozog‘iston, Belorussiya, Armaniston va Qirg‘iziston a’zo bo‘lgan ushbu ittifoqning janubiy qirg‘og‘iga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0