MXX chegara qo‘shinlari iyulda 129 chegarabuzarni qo‘lga oldi

© Sputnik / Yegor YeremoChegarachilar xizmatda
Chegarachilar xizmatda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aksariyat chegara buzishlar Qirg‘iziston tomondan ro‘y bergan. Chegarachilar buni kontrabandachilarning faollashishi va qo‘shni tomondan chegara himoyasi zaif ekanligi bilan izohlashmoqda.

TOShKENT, 12 sen — Sputnik. O‘zbekiston chegara qo‘shinlari iyul oyi davomida 129 nafar chegara buzuvchini qo‘lga oldilar, deb xabar berdi milliy xavfsizlik xizmati davlat chegarasini qo‘riqlash bo‘yicha qo‘mita vakili Sputnik muxbiriga.

Chegarachilar shuningdek umumiy qiymati 489,5 million so‘mlik turli tovar-moddiy boyliklarning kontrabandasiga chek qo‘ydilar.

"Chegara buzish holatlarining aksariyat qismi o‘zbek-qirg‘iz chegarasiga to‘g‘ri keladi – barcha qonunbuzarliklarning 98 foizga yaqini. Xususan ushbu yo‘nalishda qo‘lga olingan qoidabuzarlar soni 122 kishini tashkil etadi. 75ta holatda 488 million so‘mlikdan ortiq tovar-moddiy boyliklar qo‘lga olingan", — dedi manba.

Qirg‘iziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov va O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston va O‘zbekiston bosh vazirlari chegara masalalarini muhokama qildilar

Bundan tashqari O‘zbekiston MXX chegara qo‘shinlari tomonidan chegarabuzarlarning qonuniy talablarga bo‘ysunmaganligi sababli qurol ishlatilishi yuz bergan 12 ta holat ham aynan Qirg‘iziston bilan chegarada sodir bo‘lgan.

Suhbatdoshning aytishicha, o‘zbek-qirg‘iz chegarasida qonun buzilish holatlarining ko‘payishiga qirg‘iz kontrabandachilarining turli xalq iste’moli mollarini O‘zbekistonga noqonuniy olib kirishga urinishlari va qo‘shni tomondan chegaralarni qo‘riqlash tizimi samarasizligi sabab bo‘lmoqda.

Yangiliklar lentasi
0